date

Al-Hilol va Fenerbahche futbolchilar almashinuviga yaqin turibdi

Al-Hilol va Fenerbahche futbolchilar almashinuviga yaqin turibdi

Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi hamda Turkiyaning «Fenerbahche» jamoasi futbolchilar bo'yicha almashinuv kelishuviga yaqin. Bu haqda TGRT Haber xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko'ra, urugvaylik hujumchi Darvin Nunyes «Fenerbahche»ga yo'l olishi, uning o'rniga esa marokashlik forvard Yusif En-Nesiri «Al-Hilol» safiga qo'shilishi mumkin. Ta'kidlanishicha, Nunyes hozirgi klubida o'zini unchalik baxtli his qilmayapti va almashinuv variantiga ijobiy qaramoqda. En-Nesiri esa Saudiya Arabistonida to'p surish imkoniyatini katta ishtiyoq bilan qabul qilmoqda.

O'tgan yozda «Liverpul»dan «Al-Hilol»ga o'tgan Darvin Nunyes joriy mavsumda 17 uchrashuvda 7 gol urib, 4 assist qayd etgan. En-Nesiri esa 25 o'yinda 8 gol va 1 golli uzatma bilan ajralib turdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Hilol va Fenerbahche futbolchilar almashinuviga yaqin turibdi