Xorxe Valdano Realning yangi bosh murabbiyi haqida fikr bildirdi

Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Xorxe Valdano Xabi Alonso iste’foga chiqqanidan so‘ng “qaymoqranglilar” bosh murabbiyligiga Alvaro Arbeloa tayinlangani yuzasidan o‘z mulohazalarini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Valdanoning ta’kidlashicha, Arbeloa klub ichki hayotini juda yaxshi biladi: u ko‘p yillardan beri “Real” tizimida ishlab keladi va jamoa kiyinish xonasidagi hozirgi kayfiyatdan ham xabardor. Ekspertning fikricha, endi asosiy masala — voqealar qay yo‘sinda davom etishini kuzatish.
Ma’lumot uchun, Alonso “qirollik klubi”ni o‘tgan yozdan beri boshqarib kelayotgandi. Ispan mutaxassisi qo‘l ostidagi so‘nggi uchrashuvda “Real” Kataloniyaning “Barselona” jamoasiga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing