Barselona Kanselu e'loni nega o'chirilgani ma'lum bo'ldi

«Barselona» seshanba kuni «Al-Hilol»dan Joau Kanseluni ijaraga olganini rasman e'lon qildi, biroq ko'p o'tmay bu xabar klub saytida ham, «ko'k-anorranglilar»ning ijtimoiy tarmoqlarida ham yo'qolib qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, kataloniyaliklar yangilikni vaqtincha olib tashladi, sababi transfer jarayoni hali yakuniga yetmagan. «Barselona» «Al-Hilol» bilan hujjatlar almashinuvini to'liq tugatishi kerak.
«Barselona» 31 yoshli Kanseluni yozgacha ijara asosida tarkibiga qo'shib olmoqda. Portugaliyalik futbolchi 2023/2024 yilgi mavsumda ham «Barselona» safida ijara asosida o'ynagan va 42 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
«Barselona»ning navbatdagi o'yini 15-yanvar, payshanba kuni safarda «Rasing»ga qarshi bo'lib o'tadi. Uchrashuv Ispaniya Kubogi 1/8 finali doirasida o'tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!