«Arsenal» klubi Angliya kubogining 1/8 finalida beshinchi divizion jamoasi «Satton Yunayted» ustidan g‘alaba qozondi. Sattondagi «Boro Sports Graund» stadionida kechgan bahs 0:2 hisobida yakunlandi, deb yozmoqda Kun nashri.
Londonliklar birinchi bo‘limda Lukas Peresning goli evaziga oldinga chiqib oldi, ikkinchi bo‘limda Teo Uolkott mehmonlar g‘alabasini yanada mustahkamladi - 2:0.
«Arsenal» Angliya kubogi chorak finaliga chiqdi hamda beshinchi divizionning yana bir klubi - «Linkoln Siti» bilan uchrashadi. Bahs 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Qayd etish kerakki, Arsen Venger shogirdlari ketma-ket to‘rtinchi marta turnir chorak finaliga yo‘l olmoqda.
Angliya kubogi, 1/8 final
Satton Yunayted – Arsenal 0:2 (0:1)
Gollar: Peres (26), Uolkott (55).
Satton Yunayted: Uorner, Dauner, Bekuit (Spens, 70), Kollinz, Amankva, Beyli, Mey (Xadson-Odoi, 71), Istmond, Gomis, Dikon, Biamu (Fitchett, 82).
Arsenal: Ospina, Gabriel, Mustafi, Holding, Monreal, En-Nenni (Oksleyd-Chemberlen, 46), Chaka, Ren-Adeleyd (Meytlend-Naylz, 74), Uolkott, Peres, Ivobi (Sanches, 74).
Ogohlantirishlar: Chaka (24), Ren-Adeleyd (40). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
"Yirtqich" ovga chiqdi...
Namanganda olib qochilgan avtomobil «Qamchiq» dovonida to‘xtatildi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”
Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
Ro‘ziqul Berdiyev: "12 ta mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandik, hozir esa ketma-ket to‘rtta mag‘lubiyat"
Peskov AQSHning amaldagi ma’muriyatini Ukrainadagi vaziyatni keskinlashtirishda aybladi