"Barselona" Pragada 4 ta gol urib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi (video)

UEFA Chempionlar ligasining 7-turida Xans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" safarda "Slaviya Praga" bilan kuch sinashib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, 10-daqiqada Vasil Kushey mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 34 hamda 42-daqiqalarda esa Fermin Lopes dublni rasmiylashtirib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Robert Levandovski avtogol muallifi bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasida Dani Olmo, 70-daqiqasida esa Robert Levandovski gol urib, kataloniyaliklarning g‘alabasini ta’minladi.
Slaviya — Barselona 2:4
Gollar: Kusey (10), Levandovski (44, avtogol) — Fermin (34, 42), Olmo (63), Levandovski (71).
Slaviya — Shtanek, Holesh (Dudera, 46), Zima, Chalupek, Mozes (Vlchek, 46) Dorli, Provod, Sadilek, Sanyang (Cham, 72), Xori (Shrans, 65), Kusey (Xitil, 79).
Barselona — J.Garsiya, Kunde, E.Garsiya, Martin, Balde (Arauxo, 78), De Yong, Pedri (Olmo, 61), Bardakchi (Reshford, 61), Fermin (Bernal, 78), Rafinya, Levandovski.
Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 13 taga yetkazib olib, 9-o‘ringa ko‘tarildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!