
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Edgardo Bausa shogidlarining muvaffaqqiyati hujumchi Lionel Messiga bog‘liq ekanligi haqida gapirib o‘tdi, deb yozadi Uff.uz sayti.
Jurnalistlar "albiseleste" ustozidan "Rim papasi Fransiskga yolvorib, Argentinaga omad ber", deb so‘raysizmi, degancha murojaat qilishdi.
"Yo‘q, undan yordam olmaymiz. Rim papasining muammolar bizsiz ham ko‘p. Agar Messi o‘z sport fortmasida bo‘lib tursa, biz papadan hech narsa so‘ramaymiz.
Ha, men Messi sardorligi ostida Argentina termasi Jahon chempioni bo‘lishini kutyapman. Messini shug‘ullantirish bosim emas, shunchaki ustun jihat", - deydi Mundo Deportivo nashri Bausa so‘zlarini keltirib. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar