Chelsi Bavariya himoyachisi Kim Min Jega qiziqish bildirmoqda

"Bavariya"ning markaziy himoyachisi Kim Min Je yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Myunxen klubi futbolchini sotishga qat'iy turib olgani yo'q, biroq o'yinchining o'zi transfer so'rasa, uning ketishiga to'sqinlik qilmoqchi emas. Jurnalistlar Tobi Altsheffl va Kristian Falk ma'lumotiga ko'ra, janubiy koreyalik himoyachi "Chelsi"ning kuzatuv doirasiga tushgan, unga boshqa da'vogarlar ham bor.
Kimning o'zi qanday qarorga kelgani hozircha noma'lum. 29 yoshli futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan, Transfermarkt bahosiga ko'ra esa uning transfer qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing