date

Barselona LCh g‘alabasiga bir darvozabon yetishmaganini o‘ylaydi

Barselona LCh g‘alabasiga bir darvozabon yetishmaganini o‘ylaydi

“Barselona” o‘tgan mavsum Chempionlar ligasidagi yurishini yarim finalda yakunlagan, kataloniyaliklar Milanning “Inter” jamoasiga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:7 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Adrian Sanches xabariga ko‘ra, klubdagi ayrim rahbarlar o‘sha kampaniyada tarkibda darvozabon Joan Garsiya bo‘lganida, “ko‘k-anorranglilar” Chempionlar ligasini yutishi mumkin edi, degan fikrda. 24 yoshli ispaniyalik posbon iyun oyida “Espanyol”dan 25 million yevro evaziga transfer qilingan.

Klubdagilar hozirgi jamoa o‘zagi Hans-Diter Flik qo‘l ostida eng katta maqsadlarga ham yetishi mumkinligini, shu bois qimmat transferlarga zarurat yo‘qligini ta’kidlashmoqda. Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Chempionlar ligasi pley-off bosqichiga chiqishni allaqachon kafolatlagan, biroq umumiy bosqich yakunida 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmasiz qolib ketishi ham mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona LCh g‘alabasiga bir darvozabon yetishmaganini o‘ylaydi