Mateta faqat Manchester Unitedga o'tishni istamoqda

«Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Mateta faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishni xohlamoqda. indykaila News xabariga ko‘ra, fransuz forvard aynan shu yo‘nalishda qaror qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, Mateta «qizil iblislar»dan aniq taklif kutyapti va klub uni qo‘lga kiritish uchun harakat boshlashiga umid qilmoqda. Biroq hozircha «Manchester Yunayted» futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqqani yo‘q.
Avvalroq Mateta qishki transfer oynasida «burgutlar» safini tark etishni ko‘zlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda 28 yoshli fransuz 33 uchrashuvda 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing