date

Bavariyada eng katta maosh Musialaga tegishli ekan

Bavariyada eng katta maosh Musialaga tegishli ekan

Myunxenning «Bavariya» klubida kim eng ko‘p maosh olishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Kristian Falk bergan xabarga ko‘ra, hozirda jamoaning eng yuqori maoshli futbolchisi — hujumkor yarim himoyachi Jamal Musiala. Manbaga tayangan holda aytilishicha, bonuslar bilan birga uning yillik daromadi qariyb 30 million yevroni tashkil etadi. Qayd etilishicha, hatto jamoa yulduzi Garri Keyn ham undan kamroq maosh oladi.

Joriy mavsumda 22 yoshli Musiala Germaniya chempionatida hozircha atigi bitta o‘yinda maydonga tushib, bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Yarim himoyachi yanvargacha og‘ir jarohatdan keyin tiklanish jarayonida bo‘lgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariyada eng katta maosh Musialaga tegishli ekan