Arbeloa Realda qishki transferlar kerak emasligini aytdi

Madridning «Real» jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa transferlar borasidagi savolga javob berdi. Mutaxassis qishki transfer oynasida tarkibni kuchaytirish bo'yicha rahbariyatdan qo'shimcha futbolchi so'ramaganini bildirib o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Juma kungi matbuot anjumanida Arbeloa jamoa tarkibidan to'liq qoniqayotganini ta'kidladi. «Menda ajoyib tarkib bor. Agar yana nimadandir ehtiyoj tug'ilsa, «Real» tarixida doim bo'lgani kabi, bizda zo'r yoshlar jamoasi bor», — dedi u.
Ayni paytda Alvaro Arbeloa «Real»ni La Ligadagi «Vilyarreal»ga qarshi safar uchrashuviga tayyorlamoqda. O'yin shanba, 24-yanvar kuni bo'lib o'tadi va boshlanishi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan).
«Real» Ispaniya chempionati jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoaning «Barselona»dan ortda qolishi bir ochkoni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!