Rosenyor Palmerni dunyodagi hech kimga almashtirmasligini aytdi

«Chelsi» bosh murabbiyi Liam Rosenyor hujumkor yarim himoyachi Koul Palmer haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
23 yoshli iqtidor egasi joriy mavsumda jarohatlar sabab barqaror o'yin ko'rsata olmayapti. Shunga qaramay, oy boshida Enso Mareska o'rnini egallagan Rosenyor futbolchining salohiyatiga to'liq ishonishini ta'kidladi.
«Palmer forma va sog'lig'i joyida bo'lsa, uning pozitsiyasida men uni dunyodagi hech bir futbolchiga almashtirmagan bo'lardim. Mening vazifam — uni qo'llab-quvvatlash. Buni faqat men emas, butun shtab, tibbiy guruh va jamoa futbolchilari ham qilmoqda», — deya Rosenyor so'zlarini MailSport keltiradi.
Yakshanba kuni «Chelsi» navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi — raqib «Kristal Pelas» bo'ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing