Tottenhem Robertson uchun Liverpulga 3 mln funt to'laydi

Liverpulning chap qanot himoyachisi Endryu Robertson Tottenhemning yozgi transfer bozoridagi asosiy nishonlaridan biriga aylandi. London klubi 31 yoshli futbolchining o'zi bilan og'zaki kelishuvga erishgani aytilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Pol Joys xabariga ko'ra, “shporlar” bonuslarni hisobga olmagan holda Robertson transferi uchun “qizillar”ga taxminan 3 mln funt sterling (qariyb 3,5 mln yevro) taklif qilishga tayyor. Eslatib o'tamiz, futbolchining amaldagi shartnomasi yana yarim yildan keyin yakunlanadi.
Shotlandiyalik tajribali futbolchi 2017 yildan beri mersisaydliklar safida to'p suradi. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 12 mln yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Robertson Arne Slot jamoasida 21 uchrashuvda maydonga tushib, bir martadan gol va assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!