date

Veyk-an-Zeeda sensatsiyasi: Abdusattorov Gukeshni shok holatga soldi

Veyk-an-Zeeda sensatsiyasi: Abdusattorov Gukeshni shok holatga soldi

Veyk-an-Zeeda o‘tayotgan nufuzli turnir doirasidagi Nodirbek Abdusattorov — Gukesh Dommaraju o‘rtasidagi partiya turnirning eng kutilmagan va muhokamali bahslaridan biriga aylandi. Uchrashuv deyarli butun bahs davomida amaldagi jahon chempioni foydasiga kechayotgandek ko‘rinar, pozitsiya barqaror, xavfsiz va nazorat ostida edi.

Gukesh o‘yinni ancha ishonch bilan olib bordi, hatto deyarli to‘liq teng pozitsiyaga chiqib oldi. Nazoratgacha yetarli vaqt ham bor edi, vaziyat esa jiddiy xatar tug‘dirmayotgandek ko‘rinardi. Ammo aynan shu xotirjamlik hal qiluvchi xatoga olib keldi.

36-yurishda qoralar tomonidan amalga oshirilgan 36…Lg5?? — partiya taqdirini bir lahzada o‘zgartirib yubordi. Shax bilan ladyani berish — bu darajadagi partiya uchun juda qo‘pol va tushuntirib bo‘lmas xato edi. Eng qizig‘i, Nodirbek hali 37.Fxf6+ yurishini amalga oshirishga ham ulgurmagan edi, Gukesh esa allaqachon bu xatoning oqibati qaytarib bo‘lmasligini anglab yetdi.

Piyoda olingach, pozitsiya to‘liq vayron bo‘ldi. Himoya imkoniyatlari qolmadi, qarshi o‘yin yo‘qoldi. Shu zahoti Gukesh taslim bo‘lishdan boshqa yo‘l qolmaganini tan oldi. Bu lahza partiyaning eng dramatik nuqtasi bo‘ldi.

Nodirbek Abdusattorov esa bu uchrashuvda yana bir bor o‘zining sovuqqonligi, pozitsiyani his qilish qobiliyati va raqib xatosini kechirmaslik xususiyatini namoyon qildi. Bu g‘alaba nafaqat turnir jadvali uchun, balki psixologik jihatdan ham juda katta ahamiyatga ega.

Veyk-an-Zeeda bugun yana bir bor shunga guvoh bo‘ldiki, shaxmatda hatto eng yuqori darajada ham bir lahzalik xato butun partiya taqdirini hal qilib qo‘yadi. Abdusattorov esa aynan shunday pallalarda sovrinli ochkolarni olishni yaxshi biladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Veyk-an-Zeeda sensatsiyasi: Abdusattorov Gukeshni shok holatga soldi