Karrager Karikni maqtab, Amorimga jasorat yetishmaganini aytdi

Karrager Karikni maqtab, Amorimga jasorat yetishmaganini aytdi

Liverpul”ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Maykl Karikning “Manchester Yunayted”dagi ishlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Karik vaqtinchalik bosh murabbiy sifatida jamoani dastlabki ikki uchrashuvda g‘alabaga olib keldi: “qizil iblislar” “Manchester Siti”ni 2:0, “Arsenal”ni esa 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Sky Sports eksperti Karrager “kanonirlar” ustidan qozonilgan g‘alabani sharhlar ekan, avvalgi murabbiy Ruben Amorimda aynan shu jihat — dadillik yetishmaganini ta’kidladi.

Ruben Amorim 5-yanvar kuni iste’foga chiqarilgandi. Oradan sakkiz kun o‘tib klub Maykl Karik vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi. Angliyalik mutaxassis bilan mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma tuzilgan.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar