date

Opta superkompyuteri MYUning Chempionlar ligasiga chiqish imkonini aytdi

Opta superkompyuteri MYUning Chempionlar ligasiga chiqish imkonini aytdi

Maykl Karrik boshchiligidagi ilk ikki uchrashuvda g‘alaba qozongan «Manchester Yunayted» APL jadvalida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Qizil iblislar» bu orada eng kuchli raqiblarni ham taslim etdi: «Manchester Siti» 2:0, «Arsenal» esa 3:2 hisobida yutqazdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Opta superkompyuteri hisob-kitoblariga ko‘ra, mavsum yakunida «MYU»ning Chempionlar ligasi yo‘llanmasi beriladigan o‘rinlar zonasiga kirish ehtimoli hozir 21,7%ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich hali ham «Chelsi» va «Liverpul»nikidan past, shuningdek, ochkolar bo‘yicha ancha oldinda ketayotgan «Aston Villa», «Manchester Siti» va «Arsenal» ham favoritlar qatorida turibdi.

24-tur doirasida Karrik jamoasi o‘z maydonida «Fulhem»ni qabul qiladi. Uchrashuv kelasi yakshanba, 1-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Opta superkompyuteri MYUning Chempionlar ligasiga chiqish imkonini aytdi