date

APLning ikki klubi va Milan Vlahovichni istamoqda

APLning ikki klubi va Milan Vlahovichni istamoqda

Turinning “Yuventus” jamoasi hujumchisi Dushan Vlahovich yanvardagi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Team Talk nashri jurnalistlari xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, serbiyalik forvardga bir nechta jamoa qiziqish bildirmoqda. Xususan, Londonning “Chelsi” va “Tottenhem” klublari, shuningdek, Italiyaning “Milan” jamoasi Vlahovichni tarkibiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Futbolchining o‘zi ham faoliyatini Angliyada davom ettirish g‘oyasiga ijobiy qarayotgani aytilmoqda.

Joriy mavsum A Seriyada Dushan 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Uning “keksa sinora” bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026-yilgi mavsum yakunigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » APLning ikki klubi va Milan Vlahovichni istamoqda