Chelsi 17 yoshli himoyachini tarkibiga qo'shib oldi

Londonning “Chelsi” klubi 17 yoshli qanot himoyachisi Yisa Alao bilan mehnat shartnomasini rasmiylashtirdi. Transfer haqida “ko'klar”ning rasmiy saytida xabar berildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Alao Chempionshipda ishtirok etuvchi “Sheffild Uensdey”dan sotib olindi. Britaniya OAV ma'lumotiga ko'ra, bonuslar bilan birga kelishuv “Chelsi”ga 1,1 mln yevroga tushgan. Futbolchi bilan 2,5 yillik kontrakt imzolangan.
Avvalroq Alao “Manchester Yunayted” va “Liverpul”ning ham e'tiborida bo'lgani haqida xabarlar tarqalgandi.
“Sheffild Uensdey”ning asosiy jamoasida qanot himoyachisi 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan, biroq gol yoki assist bilan ajralib chiqa olmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing