Manchester Siti Oskar Bobb uchun 40 mln yevro so'ramoqda

Hujumkor yarim himoyachi Oskar Bobb qishki transfer oynasining so'nggi kunlarida "Manchester Siti"ni tark etib, "Fulhem"ga o'tishi mumkin. Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, 22 yoshli futbolchi bo'yicha muzokaralar yakuniy bosqichga yaqinlashgan va gaplashuvlar ham klublar o'rtasida, ham Bobbning o'zi bilan olib borilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, "Manchester Siti" futbolchi uchun 35 million funt (taxminan 40 million yevro) talab qilmoqda. Tomonlar ijarani emas, to'liq transferni ko'zlamoqda.
Ayni paytda "Manchester Siti" APL turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. Jamoaning "Arsenal"dan ortda qolishi 4 ochkoni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing