
Madridning «Real» klubi Ispaniya chempionati 24-tur doirasida «Vilyarreal»ga qarshi kechadigan bahsda ishtrok etishi mumkin bo‘lgan futbolchilar qaydnomasini e’lon qildi.
«Qirollik klubi» bosh murabbiyi Zinedin Zidan zayavkaga 20 futbolchini kiritdi.
Tarkibga Pepe va Marko Asensiolar qaytgan bo‘lsalar, Rafael Varan ushbu uchrashuvni jarohat sabab o‘tkazib yuboradi.
O‘yin qaydnomasiga kiritilgan futbolchilar bilan tanishing:
Darvozabonlar:
Keylor Navas, Kiko Kasilya, Ruben Yanes.
Himoyachilar:
Dani Karvaxal, Pepe, Serxio Ramos, Nacho Fernandes, Marselo.
Yarim himoyachilar:
Toni Kroos, Xames Rodriges, Kazemiro, Marko Asensio, Luka Modrich, Isko, Mateo Kovachich.
Hujumchilar:
Krishtianu Ronaldu, Karim Benzema, Alvaro Morata, Garet Beyl, Lukas Vaskes. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing