PSJ Barselona oldidan Reshfordni ilib ketishi mumkin

Yozgi transferlar paytida PSJ Manchester Yunayted vingeri Markus Reshfordni safiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Hozirda 28 yoshli futbolchi mavsumni Barselonada ijara asosida o‘tkazmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Football Insider xabariga ko‘ra, Parij klubi Reshfordga anchadan beri qiziqish bildiradi. Manbada aytilishicha, agar Barselona ijara muddati yakunida 30 million yevrolik sotib olish bandini ishga tushira olmasa, PSJ yozda futbolchi uchun kurashga kirishishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Reshfordning o‘zi kataloniyaliklar safida qolishni istayotgani ta’kidlanadi.
Reshford Barselona libosida barcha musobaqalarda 30 uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing