Rednapp Liverpul tarkibi juda siyrak ekanini aytdi

Avval “Liverpul” safida to‘p surgan Jeymi Rednapp “qizillar”ning hozirgi tarkib holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eksyarim himoyachining ta’kidlashicha, jarohatlar ko‘payib ketgani sabab klub rahbariyati transfer bozorida faolroq harakat qilishi kerak. Rednapp bu borada Arne Slotga ham qo‘shimcha yordam zarurligini qayd etdi.
“Shunaqa taassurot uyg‘onadiki, ularda umuman o‘yinchi qolmagandek. Yangi futbolchilar kerak, Slotga bu masalada ko‘mak zarur. Yana bir-ikkita jarohat bo‘lsa, jiddiy muammolar chiqadi”, — deya uning so‘zlarini keltiradi Sky Sports.
Angliya Premyer-ligasining 23-turidan so‘ng mersisaydliklar 36 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
Ertaga, 28-yanvar kuni Arne Slot jamoasi Chempionlar ligasida “Qorabog‘”ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!