Di Mariya Real futbolchisining undan ustun tomonini aytdi

Madridning «Real» klubida to‘p surib ketgan Anxel di Mariya «qaymoqranglilar» yarim himoyachisi Franko Mastantuononing saviyasiga yuqori baho berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentinalik futbolchining aytishicha, ko‘pchilik Mastantuononi u bilan qiyoslaydi, biroq di Mariya Franko o‘zidan ham iste’dodliroq ekanini ta’kidladi. U Mastantuononing driblingi ancha kuchli ekanini, uni esa «ekstra-klass» ijrochi deb atadi. Di Mariya Frankoning hali butun faoliyati oldinda ekanini, so‘nggi paytda ko‘proq maydonga tushayotgani va «Real»dagidek muhitda yanada o‘sishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, Mastantuono «Real» safiga o‘tgan yil yozida kelib qo‘shilgan. Yarim himoyachi Madrid grandi bilan 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!