Konte Kostaning gaplariga munosabatini ochiq aytdi

Italiyaning «Napoli» jamoasi bosh murabbiyi Antoni Konte sobiq shogirdi Diyego Kosta atrofidagi fikrlarga munosabat bildirdi. Kosta Konte qo‘l ostida «Chelsi»da 2016–2017 yilgi mavsumda to‘p surgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Konte matbuotdagi gap-so‘zlarga ortiqcha e’tibor bermasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, futbol olamida aqlli ham, ayyor ham, shuningdek, behuda gapiradiganlar ham bor va u bunday narsalarni o‘qishga vaqt sarflashni istamaydi.
Murabbiy Kosta bilan o‘tgan mavsumni eslab, asosiy e’tiborni futbolga qaratdi. Konte «Chelsi» bilan birga chempionlikni qo‘lga kiritishganini, biroq hujumchi o‘sha mavsumning o‘zida uch marta klubni tark etish istagini bildirganini aytdi.
Shuningdek, Konte Kostaning «Chelsi»dan keyingi faoliyati haqida aniq ma’lumotga ega emasligini qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, Diyego Kosta 2024 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan. U so‘nggi bor vatani klubida — «Gremio» safida maydonga tushgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!