Di Mariya Ronalduning Messidan ustun jihatini aytdi

"Real"ning sobiq futbolchisi Anxel di Mariya Krishtianu Ronalduning mehnatkashligi va o'z ustida ishlashiga doir savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Di Mariya fikricha, professionallik masalasida Ronaldu tengsiz: u qanday ishlashi, o'zini doim nazoratda ushlashi va Messi bilan raqobatda har doim eng zo'ri bo'lishga intilishi katta taassurot qoldirgan. Shu bilan birga, u Ronaldu Messi davrida o'ynagani bu maqsadga erishishni ancha qiyinlashtirganini ta'kidladi.
Intervyuning davomida di Mariya Messini ham alohida e'tirof etib, unda "eng yaxshi bo'lish uchun xudodan berilgan iste'dod" borligini aytdi.
Eslatib o'tamiz, di Mariya "Real" safida 190 ta o'yin o'tkazib, 36 ta gol urgan va 85 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing