Di Mariya Realni tark etishi ogriqli bo'lganini esladi

Argentina futbolchisi Anxel Di Mariya 2014 yilda o'z istagiga qarshi «Real»dan «Manchester Yunayted»ga ko'chib o'tgan davrini yodga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning aytishicha, Madrid klubini tark etish juda og'ir kechgan, chunki u ketishni umuman xohlamagan. Di Mariya OAVda «Ronaldudek maosh so'rayapti» degan gaplar tarqalganini rad etib, bunday talab mantiqsizligini ta'kidladi.
Futbolchi o'sha paytda Chempionlar ligasini yutib, o'zini baxtli his qilganini, bosh murabbiy Karlo Anchelotti ham uni jamoada qoldirish tarafdori bo'lganini aytdi. Biroq Xames Rodriges kelgach, aynan Di Mariya transfer bozoriga chiqarilgan.
Di Mariya so'nggi kungacha «Real»da qolish uchun harakat qilganini, mashg'ulotlarni davom ettirmoqchi bo'lganini bildirdi. U «Atletiko»ga qarshi Superkubokning ilk uchrashuvida maydonga tushgan, ammo javob o'yiniga hatto qaydnomaga ham kiritilmagan.
Futbolchi «Real»ning «Manchester Yunayted» bilan kelishib qo'yganidan uning xabari bo'lmaganini, bunday holatlar futbol olamida vaqti-vaqti bilan uchrab turishini qo'shib o'tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!