Slot Konate va Gomessiz Karabaxga qarshi o'ynaydi

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Yevropa Chempionlar ligasida "Karabax"ga qarshi uchrashuv oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida ikki nafar himoyachi jamoaga yordam bera olmasligini ma'lum qildi. Uning aytishicha, Ibraima Konate hamda Jo Gomes chorshanba kungi bahsni o'tkazib yuboradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Slot Gomesi borasida vaziyat o'zgarmaganini ta'kidlab, futbolchi ertangi o'yinga tayyor emasligini tasdiqladi. Konate haqida esa murabbiy u bilan gaplashganini, hozir futbolchi uchun davr og'ir kechayotganini bildirib, himoyachining tez orada safga qaytishidan umidvor ekanini qo'shimcha qildi.
Avvalroq Konatening otasi vafot etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Liverpul" "Karabax"ni 28-yanvar, chorshanba kuni qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!