Sky Sports: Koul Palmer Chelsida o‘zini baxtli his qilmoqda

So‘nggi kunlarda OAVda hujumkor yarim himoyachi Koul Palmer «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi haqida gap-so‘zlar ko‘paydi. Mish-mishlarga ko‘ra, futbolchi Londonda o‘zini noqulay sezayotgani va Manchestergа qaytishni istayotgani aytilgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Biroq Sky Sports jurnalisti Kave Solhekol bu ma’lumotlarga qo‘shilmadi. U ijtimoiy tarmoqlarda Palmer «Chelsi»da o‘zini baxtli his qilayotganini yozib, klub uni «sotilmaydigan» futbolchi sifatida ko‘rayotganini ta’kidladi — u jamoaning kelajagi uchun asosiy figuralardan biri hisoblanadi.
Palmer «Chelsi» safida 110 ta o‘yinda maydonga tushib, 48 ta gol urdi va 29 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt 23 yoshli futbolchini 120 million yevroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2033 yil o‘rtalarigacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!