Manchester Yunayted Everton hujumchisi Ndiayeni kuzatmoqda

Manchester Yunayted Everton hujumchisi Ndiayeni kuzatmoqda

Everton” hujumchisi Ilman Ndiaye faoliyatini “Manchester Yunayted”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

TEAMtalk jurnalisti Din Jons xabariga ko‘ra, “qizil iblislar” 25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Manbada aytilishicha, “MYU” yanvar oyidagi transfer oynasi yopilmasidan oldin bitimni yakunlashni istamoqda.

Ndiaye 2024 yilda “Marsel”dan “Everton”ga 18 million yevro evaziga o‘tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda forvard barcha musobaqalarda 19 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi. Transfermarkt portali Ndiayening bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar