Haykin Atletikoni yengish uchun Budyo Glimt rejasini aytdi

«Budyo-Glimt» darvozaboni Nikita Haykin Chempionlar ligasi asosiy bosqichida Madridning «Atletiko» klubiga qarshi bo'ladigan uchrashuv oldidan fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Haykin ta'kidlashicha, Diego Simeone jamoasi o'z maydonida doimo favorit sanaladi, biroq norvegiyaliklar ijobiy natija olish uchun bor kuchini ishga solmoqchi.
«O'yin agressiv bo'ladi. Ular 4-4-2 tartibida harakat qiladi, ba'zan shaxsiy qo'riqlashdan ham foydalanadi. Lekin bizda ham o'z kuchli jihatlarimiz bor, umid qilamanki, ularga biz bilan kurashish oson bo'lmaydi», — deya Haykinning so'zlarini keltiradi «Sport-Ekspress».
Darvozabon murabbiy ko'rsatmalarini aniq bajarish va o'ziga ishonch muhimligini ham qo'shimcha qildi. U shuningdek, Norvegiyada hozir mavsum oraligi bo'lgani uchun jamoa uchrashuv oldidan Ispaniyada qisqa yig'in o'tkazganini aytdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!