date

Kivu Dortmundda Borussiya bilan o'yin oldidan Inter imkonini baholadi

Kivu Dortmundda Borussiya bilan o'yin oldidan Inter imkonini baholadi

Milan "Inter"i bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi bo'ladigan uchrashuv arafasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bellashuv chorshanba kuni "asalarilar" maydonida o'tkaziladi. O'yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Kivuning ta'kidlashicha, Dortmunddagi stadionda o'ynash har doim qiyin, chunki "Borussiya" muxlislar atmosferasidan kuch oladi. Murabbiy Kovich qo'l ostida raqib aniq reja bilan harakat qilayotgani, ko'proq nazoratga tayangan o'yin ko'rsatayotgani, qarshi hujumlarda xavfli ekani va hujum chizig'ida yaxshi harakatlanishini alohida qayd etdi.

Shu bilan birga, Kivu har bir jamoada bo'lgani kabi dortmundliklarda ham kamchiliklar borligini, biroq ular bu jihatlar ustida ishlayotganini aytdi.

Turnir jadvalida "Inter" 12 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda, "Borussiya" esa 11 ochko bilan 16-pog'onada.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu Dortmundda Borussiya bilan o'yin oldidan Inter imkonini baholadi