Gvardiola Natan Akeni Italiyaga ketishiga qarshi chiqdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola markaziy himoyachi Natan Akeni sotish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qishda transfer oynasida niderlandiyalik futbolchi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilishi mumkinligi aytilgandi, biroq himoya chizig‘idagi jarohatlar ko‘paygani sabab vaziyat o‘zgardi. Voetbal International xabariga ko‘ra, «Milan» Ake transferiga qiziqish bildirgan va «Manchester Siti»ga so‘rov yuborgan, ammo ingliz klubi rahbariyati hamda Gvardiola muzokaralarga kirishishni istamagan.
Ake bilan shartnoma yana bir yarim yilga mo‘ljallangan. Transfermarkt uning narxini 18 million yevroga baholamoqda. 30 yoshli himoyachiga «Barselona» ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing