date

Kivu Zelinskiyni fantastik futbolchi deb atadi

Kivu Zelinskiyni fantastik futbolchi deb atadi

"Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivu jamoa yarim himoyachisi Pyotr Zelinskiyning so'nggi uchrashuvlardagi harakatlarini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kivuning ta'kidlashicha, Zelinskiy o'z o'yinidan mamnun bo'lishi kerak, murabbiylar shtabi ham bundan rozi. Mutaxassis polshalik futbolchini ajoyib sifatlari bilan ajralib turadigan fantastik ijrochi deya atadi. Shuningdek, u Zelinskiy o'ziga uncha mos bo'lmagan pozitsiyada ham jamoaga maksimal darajada foyda keltirish uchun bor kuchini berayotganini qayd etdi. Kivu futbolchining formasi yanada oshib borishini va yaqin o'yinlarda u muhim rol o'ynashini bildirdi.

Joriy mavsumda 31 yoshli Zelinskiy barcha musobaqalarda 28 ta bahsda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

28 yanvar kuni "Inter" Chempionlar ligasi 8-tur doirasida safarda Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu Zelinskiyni fantastik futbolchi deb atadi