date

Pol Skoulz Garri Maguayrning xarakterini yuksak baholadi

Pol Skoulz Garri Maguayrning xarakterini yuksak baholadi

"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz jamoa markaziy himoyachisi Garri Maguayr haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

32 yoshli futbolchi Maykl Karrik davrida asosiy tarkibga qaytib, "qizil iblislar"ning "Manchester Siti" ustidan 2:0 va "Arsenal"ga qarshi 3:2 hisobidagi g'alabalarida jamoaga yordam berdi.

Skoulzning ta'kidlashicha, avvalgi vaziyatini inobatga olganda, Maguayr maydonda kuchli xarakter namoyish etdi. U hatto o'z muxlislari tomonidan ham tanqid qilingani fonida bosimga bardosh bera olganini alohida qayd etdi.

"Uning maydonda qanday kurashayotganidan juda mamnunman. Hatto yana yoshargandek ko'rinmoqda: energiya bor, ishtiyoqi baland", — deya Skoulzning so'zlarini UtdDistrict keltirdi.

1 fevral, yakshanba kuni "MYU" o'z maydonida "Fulhem"ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pol Skoulz Garri Maguayrning xarakterini yuksak baholadi