date

Nottingem Forest Zinchenko bilan 24 soatda xayrlashadi

Nottingem Forest Zinchenko bilan 24 soatda xayrlashadi

Ukrainalik himoyachi Aleksandr Zinchenko 2025/2026 yilgi mavsumning birinchi qismida ijara asosida to‘p surgan «Nottingem Forest»ni muddatidan avval tark etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mail Sport xabariga ko‘ra, tomonlar yaqin 24 soat ichida kelishuvni bekor qiladi. Zinchenko «o‘rmonchilar» safida o‘z o‘rnini mustahkamlay olmadi va joriy mavsumda atigi 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining to‘liq shartnomasi Londonning «Arsenal» klubiga tegishli.

Avvalroq matbuotda Zinchenkoni Amsterdamning «Ayaks» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi. Himoyachining bozor qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nottingem Forest Zinchenko bilan 24 soatda xayrlashadi