Yurgen Klopp yoshlar uchun yangi U21 ligasini o'ylab topdi

Dortmundning «Borussiya»si va «Liverpul»dagi faoliyati bilan tanilgan nemis mutaxassisi Yurgen Klopp yangi futbol turnirini yo'lga qo'ymoqchi. Bu haqda Bild nashri jurnalistlari xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, Klopp U21 ligasini ishga tushirish g'oyasini ilgari surmoqda: unda yosh futbolchilar Bundesliga o'yinlari oldidan tajriba to'plash imkoniga ega bo'ladi. Mutaxassis ushbu loyiha startini boshqa futbol amaldorlari bilan ham muhokama qilgan.
Ayni paytda Yurgen Klopp «Red Bull» tizimida futbol yo'nalishi rahbari sifatida faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq Yevropa OAVda Klopp Madridning «Real» klubiga bosh murabbiy bo'lib kelishi mumkinligi haqida ham ma'lumotlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing