Gordon Chempionlar ligasida jamoalar ochiqroq o'ynaydi dedi

"Nyukasl" qanot hujumchisi Entoni Gordon Chempionlar ligasi va Angliya Premyer-ligasi o'rtasidagi farqlar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining aytishicha, Chempionlar ligasida jamoalar ko'proq ochiq o'ynaydi va deyarli hamma futbolni aynan futboldek o'ynashga intiladi. Premyer-ligada esa o'yin hozir har qachongidan ham jismoniy tus olgan, ba'zan u hatto basketbolga o'xshab ketadi. Gordon UChLni "eski uslub"dagi, ko'proq toza futbolga tayangan turnir deb atadi, APL esa sekinlashib, standart vaziyatlarga ko'proq bog'lanib qolganini ta'kidladi.
Eslatib o'tamiz, "Nyukasl" joriy yevrokubok mavsumini Chempionlar ligasida o'tkazmoqda. "Qarg'alar" hozircha 13 ochko bilan yettinchi o'rinda bormoqda, biroq to'qqizinchi pog'onadagi jamoa bilan farq qo'shimcha ko'rsatkichlargagina borib taqaladi.
Chorshanba kuni "Nyukasl" umumiy bosqichning sakkizinchi turida safarda "PSJ"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!