date

Barselona va Manchester Siti Dyumfrisga qiziqish bildirmoqda

Barselona va Manchester Siti Dyumfrisga qiziqish bildirmoqda

Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Denzel Dyumfris Yevropaning ikki giganti — «Barselona» va «Manchester Siti» e’tibor markazida turibdi. Sport Mediaset xabariga ko‘ra, hozir «Inter» safida to‘p surayotgan 29 yoshli futbolchi har ikki klubning kuzatuv ro‘yxatidan joy olgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Barselona»da o‘ng qanot himoyasini kuchaytirish masalasi dolzarrligini saqlab qolmoqda: klub Joau Kanselu kelganiga qaramay, Dyumfris bu pozitsiyada raqobat va sifatni oshirishi mumkin, degan fikr bor. «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham niderlandiyalik futbolchini jamoaga mos nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Transfermarkt portali Dyumfrisning bozor bahosini 25 million yevroga tenglashtirgan. Futbolchining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona va Manchester Siti Dyumfrisga qiziqish bildirmoqda