Vest Hem Paketa ketishi sababini rasman ma’lum qildi

Vest Hem Paketa ketishi sababini rasman ma’lum qildi
Qisqacha

“Vest Hem” Lukas Paketani “Flamengo”ga transfer qilish bo‘yicha braziliyaliklar bilan kelishuvga erishdi va futbolchiga muzokara hamda tibbiy ko‘rik uchun ruxsat berdi. Klub bayonotiga ko‘ra, Paketa shaxsiy va oilaviy sabablar tufayli Braziliyaga qaytib, yangi bosqichni boshlashni qat'iy istagan. U 2025 yil iyulida Angliya Futbol assotsiatsiyasi qoidalarini buzganlik ayblovidan oqlangan, biroq ikki yil davom etgan ish futbolchiga jiddiy ruhiy bosim o'tkazgan.

Londonning “Vest Hem” klubi yarim himoyachi Lukas Paketani “Flamengo”ga yaqin orada ketishi bo‘yicha muhim yangilikni e’lon qildi. Klub braziliyaliklar bilan futbolchining transfer narxi borasida kelishuvga erishilganini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shundan so‘ng Paketa “bolg‘achilar”dan “Flamengo” bilan muzokara olib borish, shuningdek tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun ruxsat oldi.

“Vest Hem” bayonotida aytilishicha, Lukas shaxsiy va oilaviy sabablar tufayli Braziliyaga qaytishni hamda yangi bosqichni boshlashni qat’iy istagan. Klub, shuningdek, futbolchi 2025 yil iyulida Angliya Futbol assotsiatsiyasi qoidalarini buzganlik ayblovidan oqlanganini eslatib, ikki yil davom etgan ish Paketa ruhiyatiga jiddiy bosim bo‘lganini ta’kidladi.

Klub Paketani jamoada olib qolishga urinib ko‘rganini, biroq futbolchi qarorida sobit qolganini qayd etdi. Yakunda “Vest Hem” va murabbiylar shtabi braziliyalik futbolchini qo‘yib yuborishga ko‘nishga majbur bo‘ldi.

Avvalroq 28 yoshli Lukas Paktaning transferi 42 million yevroga baholanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar