date

Real Sosedad bosh murabbiyi yanvar oyining eng yaxshisi bo'ldi

Real Sosedad bosh murabbiyi yanvar oyining eng yaxshisi bo'ldi

Ispaniya La Ligasi yanvar oyining eng yaxshi murabbiyi nomini e'lon qildi. Ushbu mukofot Real Sosedad bosh murabbiyi Pellegrino Mataratsoga nasib etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yanvar davomida Real Sosedad chempionat doirasida to'rtta uchrashuv o'tkazdi: Atletiko bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi, keyin esa Xetafe (2:1), Barselona (2:1) va Selta (3:1) ustidan g'alaba qozondi.

Hozirda San-Sebastyan klubi La Liga jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o'yinini 1 fevral kuni safarda Atletikga qarshi o'tkazadi.

Mataratso Real Sosedadni dekabr oyida qabul qilib olgandi. Avvalroq matbuotda mutaxassis Arsen Zaxaryanni tarkib uchun ma'qullamagan, degan gap-so'zlar tarqalgan edi, biroq klub bu mish-mishlarni rad etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Sosedad bosh murabbiyi yanvar oyining eng yaxshisi bo'ldi