Bulykin Karabaxni Enfildda ogir maglubiyat kutmoqda dedi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Dmitriy Bulykin chorshanba oqshomida safarda "Liverpul"ga qarshi o‘ynaydigan "Karabax"ning g‘alaba qozonishiga ishonmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning fikricha, Angliyada o‘tadigan bahs ozarbayjonliklar uchun nihoyatda murakkab kechadi: "Karabax"ni mag‘lubiyat kutmoqda, yirik hisob bo‘lmasa ham yaxshi, deya Bulykinning so‘zlarini "Gazeta.Ru" keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" va "Karabax" 28-yanvar kuni "Enfild" stadionida Yevropa Chempionlar ligasining 8-turi doirasida to‘qnash keladi. Umumiy bosqich jadvalida "Liverpul" 15 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda, biroq kuchli sakkizlikdan chiqib ketish xavfi ham saqlanib turibdi. "Karabax" esa 10 ochko bilan 18-pog‘onada: klub umumiy bosqichning eng yaxshi 24 jamoasi qatoridan tashqarida qolib ketishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!