Barselona Chempionlar ligasida navbatdagi antirekordini yangiladi

Chempionlar ligasi doirasidagi safar o‘yinida “Kopengagen” “Barselona” darvozasini juda erta ishg‘ol qildi. Uchrashuvning 4-daqiqasida 17 yoshli hujumchi Viktor Dadasan “ko‘k-anorranglilar”ni ranjitib, hisobni ochdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu gol kataloniyaliklar uchun yoqimsiz statistikani yana bir bor tasdiqladi: “Barselona” Chempionlar ligasida ketma-ket gol o‘tkazib yuborgan o‘yinlar soni bo‘yicha o‘z antirekordini yangilab, seriyani 11 ta bahsga yetkazdi. Muvaffaqiyatsiz davr o‘tgan mavsumning chorak final bosqichidayoq boshlangan edi.
Agar Xans-Diter Flik jamoasi mag‘lub bo‘lsa, “Barselona” joriy Chempionlar ligasi mavsumida 1/8 finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l ola olmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing