date

Musiala ogʻir jarohatdan soʻng ilk bor gol urdi

Musiala ogʻir jarohatdan soʻng ilk bor gol urdi

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musiala uzoq kutilgan golini nishonladi. 22 yoshli futbolchi Chempionlar ligasida niderlandiyalik PSVga qarshi uchrashuvning 58-daqiqasida hisobni ochdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bu Musialaning soʻnggi yetti oydan ortiq vaqt ichidagi ilk goli bo‘ldi. U bundan avval 15-iyun kuni Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Oklend Siti» darvozasiga xet-trik qayd etib, (10:0) hisobidagi yirik g‘alabaga munosib hissa qo‘shgandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘sha turnirda Musiala «PSJ»ga qarshi bahsda Janluiji Donnarumma bilan to‘qnashib ketib, jiddiy jarohat olgan edi. Boldir suyagi sinishi sabab futbolchining tiklanish jarayoni yarim yildan ko‘proq davom etdi.

LiveResult portali PSV – «Bavariya» uchrashuvi voqealarini matnli translyatsiya formatida yoritib bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Musiala ogʻir jarohatdan soʻng ilk bor gol urdi