Kanchelskis JCH-2026 ishtirokchilari ko'payishiga qarshi chiqdi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Andrey Kanchelskis «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan intervyusida 2026 yilgi jahon chempionati oldidan o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kanchelskisga ko'ra, bu safar turnirda jamoalar sonining haddan tashqari ko'payishi musobaqa sifatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. U Ispaniya yoki Germaniya kabi grandlar Kurasao singari raqiblarni yirik hisobda yengib qo'yishi ehtimoli borligini aytib, bunday o'yinlar tomoshabinda katta qiziqish uyg'otmasligini ta'kidladi. Sobiq futbolchi ishtirokchilar soni oshishi intriga va keskinlikni kamaytiradi, chunki muxlislar mundialni aynan kutilmagan natijalar va sensatsiyalar uchun sevishini qo'shimcha qildi.
2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanada mezbonligida o'tkaziladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi va mundial tarixida ilk bor rekord darajadagi 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!