date

De Dzerbi YChLdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Marseldan ketishi mumkin

De Dzerbi YChLdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Marseldan ketishi mumkin

"Marsel" Yevropa Chempionlar ligasida omadsiz chiqish qildi. Umumiy bosqichning so'nggi turida provansliklar safarda "Bryugge"ga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Natijada jamoa pley-off yo'llanmasidan quruq qoldi — Anatoliy Trubinning kech urgan goli sabab "Benfika" to'plar ko'rsatkichi bo'yicha "Marsel"dan ustun chiqdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

RMC Sport xabariga ko'ra, Roberto de Dzerbi "Marsel" bosh murabbiyi lavozimini tark etishi mumkin. Ayni paytda italiyalik mutaxassis klub rahbariyati bilan muzokara olib bormoqda, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

Qayd etish joiz, Fransiya chempionati turnir jadvalida "Marsel" hozir uchinchi o'rinda bormoqda. Peshqadam "PSJ"dan ortda qolish yetti ochkoni tashkil etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » De Dzerbi YChLdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng Marseldan ketishi mumkin