Leon Goretska mavsum yakunida Bavariyani tark etishini bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Leon Goretska joriy mavsum tugagach jamoani tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining aytishicha, boshqa klublardan qiziqish bo‘lishiga qaramay, u mavsum oxirigacha «Bavariya»da qolishga qaror qilgan. Shundan so‘ng esa shartnomasi yakunlanishi bilan erkin agent sifatida klub bilan xayrlashadi.
«Klub bilan konstruktiv suhbatlardan keyin biz bu yozda birga o‘tgan muvaffaqiyatli davrimiz yakuniga yetishini belgiladik. Hozir yangi sahifani ochish uchun eng to‘g‘ri payt», — deya yozdi Goretska ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Goretska 2018 yildan buyon «Bavariya» safida to‘p suradi. Bu mavsum 30 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 28 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!