date

Arbeloa qattiq qaror qabul qildi: Karreras zaxiraga o‘tirdi...

Arbeloa qattiq qaror qabul qildi: Karreras zaxiraga o‘tirdi...

2026 yil endigina boshlandi, lekin “Real” allaqachon bir necha og‘riqli “soqqilar”ni qabul qilib ulgurdi. “Albasete” va “Benfika” bilan o‘yinlardagi kutilmagan mag‘lubiyatlar “qaymoqranglilar” atrofidagi bosimni yanada oshirdi. Bunday vaziyatda jamoa bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa katta qarorlar qabul qilishga majbur bo‘lyapti — va bu qarorlar ayrim futbolchilar uchun juda ham og‘ir xabar bo‘lishi mumkin.

Xabi Alonso davrida yangi himoyachi Alvaro Karreras deyarli “daxlsiz” hisoblanardi. Bekorga emas: u uchun “Benfika”ga 50 mln yevro to‘langan, sog‘ligi to‘g‘ri bo‘lgan paytda esa maydonda 90 daqiqa to‘liq o‘ynaydigan asosiy futbolchilar qatorida edi. Ya’ni, Karreras jamoadagi eng ishonchli tanlovlardan biri sifatida qaralardi.

Biroq AS nashri yozishicha, “Benfika”ga qarshi mag‘lubiyatdan keyin Karreras o‘zining “kafolatlangan” maqomini yo‘qotdi. Dam olish kunlari “Rayo Valekano”ga qarshi o‘yinda Arbeloa uni zaxirada qoldirib, chap qanot himoyasida Eduardo Kamavingaga ishonch bildirgani aytilayotir. Bu qaror oddiy rotatsiya emas — ayni damda murabbiyning “hech kimga immunitet yo‘q” degan ochiq signaliga o‘xshayapti.

Endilikda Karreras uchun vaziyat ancha o‘zgardi. U maydonga tushgan har bir daqiqada o‘z foydasini isbotlashi, har bir epizodda raqobatga tayyor ekanini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Chunki “Real”dek klubda bir marta “o‘z-o‘zidan asosiy” bo‘lib qolmaysiz — bu yerda har hafta, har o‘yinda o‘z o‘rningizni qayta-qayta himoya qilasiz.

Bundan tashqari, Arbeloa yana bir muammo bilan yuzma-yuz: taxminan 1 oyga safdan chiqqan Jud Bellingemsiz ham jamoani “izga solish”ga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, murabbiy bir vaqtning o‘zida ham natija talabini, ham tarkibdagi keskin raqobatni, ham yetakchi futbolchisiz o‘yin qurish mas’uliyatini ko‘tarayapti.

Qisqasi, “Real”da qish ertadan qizib ketdi. Arbeloa jamoani titratib, “qattiq qo‘l” bilan tartib o‘rnatmoqchi. Karreras esa endi 50 mln yevrolik narxni emas, 90 daqiqalik ishonchni qayta qo‘lga kiritish uchun maydonda gapirishga majbur.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arbeloa qattiq qaror qabul qildi: Karreras zaxiraga o‘tirdi...