date

Krishtianu Ronaldu Saudiya ligasidan ketishga tayyorligini bildirdi

Krishtianu Ronaldu Saudiya ligasidan ketishga tayyorligini bildirdi

Jahon futbolining eng sermahsul yulduzlaridan biri, "An-Nasr" hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Saudiya Pro-ligasi rahbariyatiga qattiq ishora qildi: agar vaziyat shu tarzda davom etsa, u Saudiya Arabistonini tark etishga ham tayyor.

Manbalarga ko‘ra, portugaliyalik yulduzning bu kayfiyatiga chempionatdagi so‘nggi transfer siyosati sabab bo‘lgan. Ya’ni gap maydondagi natija yoki bir-ikkita o‘yin emas — gap “kimni kuchaytiryapsiz? kimni esa chetda qoldiryapsiz?” degan katta savolda.

Aytilishicha, 41 yoshli to‘purar ayniqsa Saudiya Arabistoni Suveren jamg‘armasi ishtirokida Karim Benzemaning "Al-Ittihod"dan "Al-Hilol"ga o‘tkazilganidan norozi ekani ta’kidlanmoqda. Chunki bu transfer ortidan "Al-Hilol" sezilarli kuchaytirildi, "An-Nasr" esa, go‘yoki, yana e’tibordan chetda qolgandek bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Ronalduning noroziligi kun sayin “qizib” borayotgan ekan. U o‘zini biroz xiyonatga uchragandek his qilyapti va Saudiya Arabistonidagi uch yillik faoliyatini yakunlash variantini ham jiddiy ko‘rib chiqyapti.

Qisqasi, gap shunda: Ronalduga sovrin uchun “sharoit” kerak. Agar raqiblar doim kuchaytirilib, uning jamoasi esa orqada qolsa — u bu loyihada uzoq turmasligi mumkin. Futbolda ham hayotdagidek: kimdir senga “birinchi raqam” desa, uni amal bilan ham ko‘rsatishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu Saudiya ligasidan ketishga tayyorligini bildirdi