
«Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoani tark etishini ma’lum qildi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.
46 yoshli mutaxassis mavsum so‘nggiga qadar ishini yakunlab qo‘yadi va yozda o‘z lavozimini tark etadi.
Luis Enrike «Barselona»ni 2014 yildan buyon boshqarib keladi. Bu davrda u jamoa bilan 2 karra Ispaniya chempioni, 2 karra Ispaniya Kubogi, bir martadan Evropa chempionlar ligasi, Ispaniya Superkubogi, UEFA superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempioni unvonlarini qo‘lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar