Barselona Xuan Ernandes bilan shartnomani uzaytirdi

Barselona Xuan Ernandes bilan shartnomani uzaytirdi

Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Xuan Ernandes bilan kelishuvni yangiladi. Klubning “ko‘k-anorranglilar” matbuot xizmati bu haqda rasman ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yangi shartnoma 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Bitimda yana bir mavsumga avtomatik uzaytirish bandi ham mavjud.

18 yoshli Ernandes “Barselona” tizimiga o‘smirlik davrida, “Saragosa”dan “blaugrana” akademiyasiga ko‘chib o‘tganidan so‘ng qo‘shilgan. Joriy mavsumda u “Barselona B” safida 20 uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golga assist muallifi bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar